a) ushbu Nizomning 10-bandida ko’rsatilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda;
b) taqdim etilgan hujjatlardagi maъlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
v) taqdim etilgan hujjatlarda noto’g’ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo’lganda;
g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;
d) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to’plaganda;
e) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila aъzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo’yicha to’lovga layoqatsiz deb topilganda;
i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik mavjud bo’lganda;
k) oilalarning o’rtacha oylik daromadi:
▶️qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;
▶️shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo’lganda.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.