Vazirlar Mahkamasining 10.01.2024-yildagi 17-sonli «Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli хizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi. Ma’lumot uchun: 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bakalavriat yoʻnalishlariga mos keladigan fanlar toʻplamining umumta’lim fanlari boʻyicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.
Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.
Umumta’lim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi QR kod qoʻyilgan sertifikat test natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab bir kunlik muddat ichida yuboriladi.
A+, A, B+, V, C+, C darajadagi sertifikatlar beriladi.
Test natijalari хalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.