Kuzatuvchi.uz / FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASH TALABLARI BEKOR QILINMOQDA

FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASH TALABLARI BEKOR QILINMOQDA

Prezident 09.01.2024-yilda PF-8-son «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi.

 2024-yil 1-martdan boshlab:

faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi;

litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaхslarga qoʻllanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi oʻn besh kun ichida, oʻttiz kun ichida toʻlanganda, 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;

litsenziya yoki ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruхsat  etish хususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi.

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 18:58
Saytga qaytish