Kuzatuvchi.uz / MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR QILINDI

MA’MURIY SUDLARDA DAVLAT BOJINI OLDINDAN UNDIRISH BEKOR QILINDI

Prezident tomonidan 16.01.2024-yildagi “Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-897-son qonun imzolandi.

Fuqarolar davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaхslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma’muriy sudlarga murojaat qilganda davlat boji fuqarolardan oldindan undirilmasdan, ushbu boj toʻlovi ishni koʻrib chiqish natijalariga koʻra aybdor tarafdan undiriladi.

Shuningdek mazkur bojning miqdori qamaytirilmoqda va endilikda BHMning 70%ni tashkil etadi. 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 18:48
Saytga qaytish