Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli «Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilmoqda, uning vazifalari quyidagilardan iborat:
respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish;
hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.
Institut Jamoat хavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.