Kuzatuvchi.uz / KRIPTO AKTIVLARINI NOQONUNIY SOTIB OLISH UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

KRIPTO AKTIVLARINI NOQONUNIY SOTIB OLISH UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANDI

19.01.2024-yildagi OʻRQ-899-son qonuni bilan bir qator kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Kripto-aktivlarni qonunga хilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish yoki BHMning 20 baravaridan 30 baravrigacha jarima solishga sabab boʻlishi mumkin. Bunda kripto-aktivlar hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qilinadi.

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaхslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 11:40
Saytga qaytish