Prezidentning 17.01.2024-yildagi PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi. 2024-yil 1-maydan boshlab:
Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi;
daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish huquqini faqat «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish;
daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olishni taqiqlash va togʻli yoki togʻoldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlarini tashkil etish taqiqlanadi.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.