Kuzatuvchi.uz / QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI A’ZOSI BOʻLISH MUMKIN

QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI A’ZOSI BOʻLISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi tashabbuskorlarini tanlash, ularning loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Prezidentning 14.09.2023-yildagi PQ-306-sonli «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturini realizatsiya qilish nazarda tutilgan.

Biznesni rivojlantirish banki dasturni samarali amalga oshirish va doimiy ravishda takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilandi.

Markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar qisqa va oʻrta muddatli amaliy oʻquv kurslarda biznes koʻnikmalarni shakllantirish yoʻnalishi boʻyicha oʻqitiladi.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 11:38
Saytga qaytish