Kuzatuvchi.uz / YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA OʻTKAZILDI

YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI VAZIRLAR MAHKAMASI TASARRUFIGA OʻTKAZILDI

Prezidentning 20.01.2024-yildagi PF-18-sonli «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi.

Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishligi boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 11:37
Saytga qaytish