Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting Soliq qoʻmitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida idoralararo aхborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda (onlayn) shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
21-03-2024, 11:31
Saytga qaytish