Kuzatuvchi.uz / YANGI FARMON

YANGI FARMON

    AYRIM NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI


 
📃 Prezidentning 31.01.2024-yil kungi PF-24-son Farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi
 
 Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:
 
 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
 
 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
 
 o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
 
 boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
 
 boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
     Mazkur miqdorlar minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib belgilangan.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 11:18
Saytga qaytish