Kuzatuvchi.uz / KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

KIMLAR PЕDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?

Prezident tomonidan imzolangan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida” gi O‘RQ-901-son qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

 qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

 qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

 pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari bo‘lgan shaxslar;

 psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

21-03-2024, 10:15
Saytga qaytish