Kuzatuvchi.uz / KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?

KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?

SAVOL;

Biz turmush o‘rtog‘im bilan ancha vaqtdan beri birga yashamaymiz. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Shu holatimda men yolg‘iz ona xisoblanamanmi?

JAVOB;

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son qonunida yolg‘iz ota yoki ona tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan;

 ➖ Ya’ni, bolani tarbiyalayotgan ona yoki ota, basharti bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa yoxud bunday ma’lumotlar tarbiyalayotgan onaning (otaning) so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa, shunday holatda ular yolg‘iz ota yoki yolg‘iz ona xisoblanishadi. Agar Sizni o‘sha ikki nafar farzandingizni tug‘ilganlik guvohnomasini ota deb belgilangan joyiga turmush o‘rtog‘ingizni ma’lumotlari kiritilmagan bo‘lsa, masalan Sizlar qonuniy nikohdan o‘tmagan holda yashagan bo‘lsangiz va farzandlaringizga nisbatan turmush o‘rtog‘ingizni otaligi belgilanmagan bo‘lsa, farzandlaringizni tug‘ilganlik guvohnomasidagi ota to‘g‘risidagi ma’lumotlar shunchaki Sizning so‘zlaringizga asosan kiritilgan bo‘lsa, manashunday holatlarda Siz yolg‘iz ona xisoblanasiz.

 Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
21-03-2024, 10:14
Saytga qaytish