Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat'i nazar, ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Insonning umumbashariy huquqlari ko‘pincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi, huquqning umumiy printsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida qonun ko‘rinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro huquq davlatlarga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirish hamda himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni yuklaydi. Xozirgi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash xalqimiz uchun yaxshi turmush tarzini yaratishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylandi.
Inson huquqlarining amalga oshirilishi bu huquqni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich choralar joriy etilmoqda. Ushbu majburiyat ba'zan uning bajarilishini yengillashtirish va ta'minlash uchun majburiyatlarga bo‘linadi. Birinchisi, davlatning odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini kuchaytiradigan, masalan, tibbiy xizmat olish uchun sharoit yaratadigan tadbirlarda faol ishtirok etish majburiyatini anglatadi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.