Kuzatuvchi.uz / XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi togrisidagi Nizomga asosanxorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga tugilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatgabir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga, 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil amal qilish muddatlariga berilishi belgilanganAmal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi. 

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi. 

Xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqish uchun haqiqiy hisoblanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.  

 

20-03-2024, 07:06
Saytga qaytish