Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-919-son, 13.04.2024 y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi
Unga ko'ra, o'rmonlarda yong'in xavfsizligi talablarini buzish, agar yong'in chiqishiga olib kelgan bo'lsa, quyidagi miqdorda jarima solishga sabab bo'lishi belgilandi:
-fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming so'mdan 5 mln 100 ming so'mgacha);
-mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6 mln 800 ming so'mdan 8 mln 500 ming so'mdan).
Shuningdek, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganligi tufayli uy-joy fondida odamlarning sog'lig'iga zarar yetishi yoxud o'zganing mol-mulki shikastlanishi yoki uning yo'q qilinishi bilan bog'liq bo'lmagan tarzda yong'in sodir bo'lganda mazkur shaxs yong'in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.