Kuzatuvchi.uz / AYOLLARGA AYRIM JAZOLARNI QO'LLASH BO'YICHA QUYIDAGI CHEKLOVLAR MAVJUD

AYOLLARGA AYRIM JAZOLARNI QO'LLASH BO'YICHA QUYIDAGI CHEKLOVLAR MAVJUD

Xususan, jinoiy jazo tariqasida majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari homilador ayollarga, uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan qo'llanmaydi. (https://lex.uz/docs/-111453)

 

Bundan tashqari, homilador ayollarga va uch yoshga to'lmagan bolalari bor ayollar ehtiyotsizlik oqibatida yoki qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etsa ularga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.

 

Ayolga nisbatan uzoq muddatga (20 yildan ortiq 25 yildan ko'p bo'lmagan) yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin emas.

 

Shuningdek, homilador ayolning jinoyat sodir etishi jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida baholanadi.

 

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

19-03-2024, 01:55
Saytga qaytish