Kuzatuvchi.uz / MEHNAT SHARTNOMASINING QO‘SHIMCHA SHARTLARI

MEHNAT SHARTNOMASINING QO‘SHIMCHA SHARTLARI

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasida qo‘shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular tomonlarning majburiyatlarini aniqlashi, ularni to‘ldirishi, xodimga qo‘shimcha imtiyoz va afzalliklar berilishini nazarda tutishi mumkin.

Qo‘shimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:

bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasining mustaqil sharti sifatida bir necha kasb (lavozim)da ishlash, agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, sinovning aniq muddati (qachondan qachongacha), xodimning yuqori malakasi, agar bu amaldagi qonunchilikda, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi bitimlarda) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda murakkabroq ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatga haq to‘lash (tarif stavkalari, lavozim maoshlari, qo‘shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa xildagi taqdirlashlar)ning yuqoriroq miqdorlarini yakka tartibda belgilash, xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi (to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom bo‘lishi va boshqalar), qo‘shimcha (haqi to‘lanadigan va haqi to‘lanmaydigan) dam olish kunlari, ta’tillar berish, ijtimoiy-maishiy tusdagi sharoitlar (bolalar bog‘chasida o‘rin, sanatoriya-kurortda davolanishga yo‘llanma ta’minlanishi, transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, uy-joy berish va boshqalar), muddatli mehnat shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to‘lash.

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

18-03-2024, 01:54
Saytga qaytish