Kuzatuvchi.uz / IXTIYORIY VA MAJBURIY SUG‘URTA

IXTIYORIY VA MAJBURIY SUG‘URTA

Sug‘urta fuqaro yoki yuridik shaxs sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tashkiloti sug‘urtalovchi bilan tuzadigan mulkiy yoki shaxsiy sug‘urta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Qonunchilikda, shaxsiy sug‘urta shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga sug‘urta qiluvchilar sifatida boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkini yoxud o‘zining boshqa shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini o‘z hisobidan yoxud manfaatdor shaxslar hisobidan sug‘urta qilish (majburiy sug‘urta) majburiyati qonun bilan yuklangan hollarda sug‘urta qoidalariga muvofiq shartnomalar tuzish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilangan.

Majburiy sug‘urtada sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchi bilan sug‘urtaning ushbu turini tartibga soladigan qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda shartnoma tuzishi shart.

Qonunda fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan majburiy sug‘urta qilish hollari (davlat majburiy sug‘urtasi) nazarda tutilishi mumkin.

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

18-03-2024, 01:40
Saytga qaytish