Kuzatuvchi.uz / MEHNAT ARBITRAJI

MEHNAT ARBITRAJI

O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 26.07.2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, (ro‘yxat raqami 3449) buyrug‘iga asosan,  mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini nizo taraflari ularning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqishi belgilangan. Bunda: respublika darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi yetti nafar arbitr tomonidan, tarmoq darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi besh nafar arbitr tomonidan, boshlang‘ich va hududiy darajadagi jamoaviy mehnat nizosi uch nafar arbitr tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosining holatlari tekshirilganidan so‘ng, uning mohiyatiga ko‘ra qaror qabul qiladi. Bunda, respublika yoki tarmoq yoxud boshlang‘ich va hududiy darajadagi jamoaviy mehnat nizosi bo‘yicha ushbu nizoni ko‘rib chiqayotgan arbitrlarning ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.

Qonunchilikda, Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining murojaatlarini ko‘rib chiqadi, jamoaviy mehnat nizosiga taalluqli bo‘lgan zarur hujjatlar va ma’lumotlarni oladi, zarur bo‘lgan hollarda, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jamoaviy mehnat nizosining ehtimol tutilgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlari to‘g‘risida xabardor qiladi, jamoaviy mehnat nizosining mohiyatiga ko‘ra qaror qabul qiladi.

Mehnat arbitraji qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Mehnat arbitrajining jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) to‘g‘risidagi qarori ushbu nizo taraflariga qaror qabul qilingan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda topshiriladi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

18-03-2024, 01:35
Saytga qaytish