Kuzatuvchi.uz / TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

 

Topshiriq shartnomasi bo‘yicha bir taraf vakil ikkinchi taraf   topshiriq  beruvchining nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim bo‘yicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi.  Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning ko‘rsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin.

Vakil alohida huquqlarga ega bo‘ladigan topshiriq shartnomasi bo‘yicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega bo‘lgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan ma’lum sohada yoki (va) ma’lum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi.

 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817-moddasiga ko‘ra, topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli bo‘ladigan muddatni ko‘rsatgan yoki bunday muddatni ko‘rsatmagan holda tuzilishi mumkin.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

18-03-2024, 01:33
Saytga qaytish