Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

 

“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-oktyabrda 538-sonli qarori   qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar hohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo bo‘lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo bo‘lish haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

18-03-2024, 01:29
Saytga qaytish