Kuzatuvchi.uz / YARASHTIRUV-VOSITACHILIK TARTIB-TAOMILLARI

YARASHTIRUV-VOSITACHILIK TARTIB-TAOMILLARI

Jamoaviy mehnat nizosini hal etish tartibga solish tartibi quyidagi bosqichlardan iborat: nizoni yarashtirish komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqishdan, nizoni mediator ishtirokida ko‘rib chiqishdan, nizoni mehnat arbitrajida ko‘rib chiqishdan.

O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 573-moddasiga asosan, Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining hech biri yarashtiruv tartib-taomilida ishtirok etishdan bosh tortishga haqli emasligi belgilangan.

Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining vakillari, yarashtirish komissiyasi, mediator, mehnat arbitraji, jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organi yuzaga kelgan jamoaviy mehnat nizosini hal etish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan barcha imkoniyatlardan foydalanishi shart.

Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari ushbu paragrafda nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi.

Zarur bo‘lgan taqdirda, yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini o‘tkazish uchun nazarda tutilgan muddatlar jamoaviy mehnat nizosi taraflarining roziligiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish to‘g‘risidagi qaror yarashtirish komissiyasi majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

18-03-2024, 01:19
Saytga qaytish