Kuzatuvchi.uz / O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi, odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi, Respublika epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining faoliyatini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

17-03-2024, 18:21
Saytga qaytish