Kuzatuvchi.uz / TA’LIM OLUVCHILARNING HUQUQLARI

TA’LIM OLUVCHILARNING HUQUQLARI

Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:

 

-bepul asosda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish;

-yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilinish;

-ta’lim olish shakllarini erkin tanlash;

-davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq sifatli ta’lim olish;

-ta’lim olish uchun o‘zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;

-davlat ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta’lim va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, o‘zi oladigan ta’limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;

-pedagog xodimlar va ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sog‘lig‘iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo‘ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;

-ta’lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta’tillar olish;

-akademik ta’tillar va stipendiyalar olish, o‘qishni tiklash va o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotlariga, bir ta’lim shaklidan, kasbdan, ta’lim yo‘nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga ko‘chirish;

-ta’lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

-ta’lim olish jarayonida ta’lim tashkilotining o‘quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy, sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;

-ta’lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish.

-Ta’lim oluvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 -Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

 

 

 

O.RAJAPOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

11-03-2024, 00:15
Saytga qaytish