Kuzatuvchi.uz / O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ID-KARTA (PASPORTINI) OLISH TARTIBI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ID-KARTA (PASPORTINI) OLISH TARTIBI

ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganligi yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganligi munosabati bilan almashtirilayotganda, fuqaro tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi va elektron talabnoma shakllantirilgan kundan boshlab bir ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Fuqaro ID-kartani yo‘qotgan taqdirda o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat etadi. Yangi ID-karta belgilangan tartibda ID-karta yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida beriladi;

Chipga millati haqidagi yozuv ota-onaning millatiga muvofiq yoziladi. Agar ota-onalar turli millatga mansub bo‘lishsa, birinchi marta ID-karta berilayotganda fuqaroning xohishiga qarab otasining yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik, fuqaroning yozma arizasiga ko‘ra millati haqidagi yozuv faqat bir marta otasi yoki onasining millatiga o‘zgartirilishi mumkin.

Fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.

Fuqaro ID-karta olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida beriladi.

O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog‘ligining holatiga ko‘ra mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga shaxsan o‘zlari yoki qonuniy vakillari orqali (og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda) murojaat etganda, ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punktining mas’ul xodimi tomonidan o‘n besh kun muddatda ushbu shaxslarni yashash manziliga borgan holda rasmiylashtiriladi va beriladi.

Bunda ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshlig‘i.

 

Вчера, 22:39
Saytga qaytish