Kuzatuvchi.uz / INSON HUQUQLARIGA OID 10 TA ENG MUHIM KAFOLAT HAQIDA BILISHNI ISTAYSIZMI

INSON HUQUQLARIGA OID 10 TA ENG MUHIM KAFOLAT HAQIDA BILISHNI ISTAYSIZMI

Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi. 

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas. 

Insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik printsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun etarli bo‘lishi kerak. 

Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, o‘z e’tiqodlarini tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga oladi.

Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir.

Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega.

Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o‘z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega.

Har bir inson o‘z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega

 

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Вчера, 22:27
Saytga qaytish