Kuzatuvchi.uz / YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI

2023-yil 9-10-mart kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaror qabul qilindi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumni o‘tkazish sanasi — 2023-yil 30-aprel deb belgilandi.

Shu bilan ushbu yangi O’zbekistonning o’zgartirilgan tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Muqaddimada davlatchilikni takomillashtirishning yangi bosqichida O‘zbekistonni konstitutsiyaviy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi:

inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti printsiplariga sodiqlik,   

demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatni namoyon qilish;    

inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etishga qaratilganlik;     

O‘zbekiston jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilish;

Konstitutsiyada “O‘zbekiston – respublika boshqaruv shaklidagi suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”, deb belgilandi.

Konstitutsiya 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat.

Konstitutsiya mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi. 

 

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Вчера, 22:26
Saytga qaytish