O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar belgilandi:
vakil o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajaradi;
vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oliy Majlis palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas;
vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat bosh prokuror tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin;
vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga yo‘l qo‘yilmaydi;
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) vakilning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari majburiy tartibda vakil bilan kelishiladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari:
vakil BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalar va ularning qonuniy vakillari orasida bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tushuntiradi, hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qiladi;
aholi o‘rtasida bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatni oshirishga ko‘maklashadi;
bola xuquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlari normalari va talablarining ijrosini o‘rganadi;
imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashadi;
bola xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.