Kuzatuvchi.uz / SUD-HUQUQ MASALALARI

SUD-HUQUQ MASALALARI

Barcha fuqarolar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar buzilgan huquqlari yuzasidan sudga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilinadi.

Sudlarga ikki xil toifadagi murojaatlar qilish mumkin:

 

Ariza - buyruq tartibida ish yuritish bo‘yicha, alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha, shuningdek, ma’muriy ishlar bo‘yicha beriladi.

Da’vo ariza shakliga qo‘yilgan talablar ariza shakliga ham tatbiq etiladi.

Shikoyat - sud hujjatlari ustidan norozi bo‘lib apellyatsiya , kassatsiya shikoyatlari shaklida beriladi.

 

Birinchi toifadagi murojaatlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda, ya’ni sudga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Agar ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilganda bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Ikkinchi toifadagi murojaatlar tegishlicha fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat-protsessual kodeksida, ma’muriy sudlarda Ma’muriy sud ishlarini yuritish kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

          Da’vo arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 

 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Вчера, 22:23
Saytga qaytish