Kuzatuvchi.uz / TELEKOMMUNIKATSIYALARNI TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI TASHKIL ETILADI

TELEKOMMUNIKATSIYALARNI TARTIBGA SOLISH AGENTLIGI TASHKIL ETILADI

“Telekommunikatsiyalar sohasida tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi PF–142-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi tashkil etiladi.

Agentlik operator va provayderlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatining belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlangan rejaga muvofiq har oyda kamida 1 marotaba monitoring qilib boradi.

Agentlik moliyaviy va tuzilmaviy jihatdan hamda vakolati doirasida qaror qabul qilishda mustaqil hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobdor bo‘ladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Вчера, 00:34
Saytga qaytish