Kuzatuvchi.uz / BARCHA TOIFADAGI TADBIRKORLARGA MEHMONXONA QURISH UCHUN KREDITLAR AJRATILADI

BARCHA TOIFADAGI TADBIRKORLARGA MEHMONXONA QURISH UCHUN KREDITLAR AJRATILADI

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan V ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 19.08.2025-yildagi 19.08.2025-yildagi PF–138-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

 Farmonga ko‘ra, 2026-yildan quyidagilarni nazarda tutuvchi Turizmni rivojlantirish dasturi joriy etiladi, jumladan:

2026–2028-yillarda tijorat banklari tomonidan barcha toifadagi tadbirkorlarga mehmonxona qurish uchun 7 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda kreditlar ajratiladi:

viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari, turizmga ixtisoslashgan tuman (shahar)larda qurilayotgan mehmonxonalar uchun – 30 mlrd so‘mgacha;

boshqa hududlarda – 10 mdrd so‘mgacha;

 har yili sayyohlarning eng ko‘p e’tiborini qozongan va nufuzli xalqaro platformalarda ijobiy e’tirof etilgan joylashtirish vositalarini aniqlash va taqdirlash bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 1 mln AQSh dollariga teng tanlov o‘tkazish.

2026 yildan davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshiriladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Вчера, 00:31
Saytga qaytish