“Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi PQ–255-sonli Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;
venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.
Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:
rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;
vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reestrga kiritilgan bo‘lishi;
o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reestrini yuritishi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.