📄 Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar daftari»dan chiqariladi:
🟢 har bir toifa bo‘yicha belgilangan amaliy yordamlar to‘liq ko‘rsatilganda (individual dastur asosida);
🟢 to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
🟢 o‘z arizasiga ko‘ra;
🟢 «Ayollar daftari»ga noqonuniy kiritilganligi aniqlanganda;
🟢 boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
🟢 sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
🟢 shaxs vafot etgan taqdirda yoki sud qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda.
❗️"Ayollar daftari"ga kiritilgan ayollarning masalalari to‘liq hal etilmagunicha ular ushbu daftardan chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.