Kuzatuvchi.uz / INVESTITSIYA FAOLIYATI ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA AMALGA OSHIRILADI

INVESTITSIYA FAOLIYATI ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA AMALGA OSHIRILADI

“Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan investitsiya faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.08.2025-yildagi  PQ–255-sonli, Prezident qarori  qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-oktabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yo‘nalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:

qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotib olishda;

 venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;

kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.

Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:

rezident yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi;

vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reestrga kiritilgan bo‘lishi;

 o‘z faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;

 investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reestrini yuritishi.

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

23-09-2025, 23:41
Saytga qaytish