Kuzatuvchi.uz / ISH BERUVCHILARGA TO'SIQ BO'LAYOTGAN JAVOBGARLIK CHORALARI BEKOR QILINADI

ISH BERUVCHILARGA TO'SIQ BO'LAYOTGAN JAVOBGARLIK CHORALARI BEKOR QILINADI

“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag'batlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–126-son, 04.08.2025-y.) qabul qilindi. 

Farmonga ko'ra, quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga o'qitish tizimini takomillashtirishning asosiy yo'nalish va maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

 xodim va ish beruvchi o'rtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va o'zaro manfaatli tizimini yaratish;

 ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan ta'minlash tizimini joriy etish.

 2025-yil 1-sentabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:

 bo'sh ish o'rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik;

 bo'sh ish o'rinlari mavjudligi to'g'risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish kabilardan iborat.        

 

                                                                       S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Вчера, 17:26
Saytga qaytish