Kuzatuvchi.uz / YANGI QONUN

YANGI QONUN

📄 "Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son qonun Prezident tomonidan imzolandi.

❗️Qonunga ko‘ra, pedagoglarning davlat huquqiy himoyasiga doir bir-qancha qat’i normalar belgilandi. Xususan, qonun bilan quyidagilar taqiqlanadi:

 pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish;

 pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo‘lmagan hisobotlarni va boshqa ma’lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;

 pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish.

❗️Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va biz ushbu qonun normalariga yana batafsil to‘xtalamiz.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

5-03-2024, 23:29
Saytga qaytish