Kuzatuvchi.uz / YANGI FARMON

YANGI FARMON

 AYRIM NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI

📃 Prezidentning 31.01.2024-yil kungi PF-24-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi

 Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:

 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;

 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;

 o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;

 boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m); 

 boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.

❗️Mazkur miqdorlar minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqib belgilangan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

 

5-03-2024, 23:24
Saytga qaytish