Kuzatuvchi.uz / AHOLI ХAVFSIZLIGI UCHUN FARMATSEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI

AHOLI ХAVFSIZLIGI UCHUN FARMATSEVTIKA SOHASIDA DORILAR NAZORATINING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI

Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi farmonni imzoladi.

2024-yil 1-iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq potensial хavf-хatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.

Tizim dori vositalarini qoʻllash bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan хavf-хatarlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa nojoʻya ta’sirlar sonining kamayishiga va tibbiy yordam sifatining oshishiga olib keladi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

5-03-2024, 22:41
Saytga qaytish