Kuzatuvchi.uz / TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY ETILMOQDA

Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting Soliq qoʻmitasining «Tabdirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida idoralararo aхborot almashinuvi vositasida avtomatik ravishda (onlayn) shakllantiriladi hamda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

5-03-2024, 22:29
Saytga qaytish