Kuzatuvchi.uz / KURYERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

KURYERLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI BELGILANDI

“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3631-son, 18.06.2025-y.).

 

Nizom elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

 

 Nizomga ko'ra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o'zini o'zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

 

 Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qilishga haqli. 

 

 Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo'llash yoki elektron yoxud qog'oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim. 

 

 Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo'lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

 

 Kuryerga quyidagilarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi, jumladan:

 

-- tovarning qadog'ini o'zboshimchalik bilan ochish;

 

-- xaridorlarning shaxsiy ma'lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilishlardan iboratdir. 

 

 

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.




Вчера, 15:08
Saytga qaytish