Kuzatuvchi.uz / NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILDI

NORUDA MATERIALLARNI QAZIB OLISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILDI

Prezidentning 17.01.2024-yildagi  PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

2024-yil 1-maydan boshlab: 

Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi;

daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish huquqini faqat «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish;

daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olishni taqiqlash va togʻli yoki togʻoldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlarini tashkil etish taqiqlanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

5-03-2024, 07:38
Saytga qaytish