O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyati hisoblanadi.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlari ustuvor hisoblanib, davlat himoyasiga olingan. Bola huquqlari bu-bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi jinsi, tili, dini tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Halqaro huquqda 18 yoshga yetmaganlarning barchasi bola deb tan olinadi. Bolalar butun dunyoda ustuvor huquqga ega ekanligi tan olingan.
Buni isboti sifatida Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiyani tilga olish joiz bo‘ladi, Ushbu Konvensiya 1989-yil 20-noyabrda Nyu-Yorkda qabul qilingan bo‘lib, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga muvofiq bola mustaqil shaxs sifatida tan olinadi. Konvensiya bolani jamiyatning ximoyasiz aьzosi sifatida aloxida ximoya qilishni va bunga loyiq ekanligini ilgari so‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyani 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilgan.
Mamlakatimizda bola huquqlarini himoyasi bilan bog‘liq bir qancha islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi 4296-sonli qarori bilan inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘rinbosari bolalar ombudsmani instituti tashkil qilingan.
Agarda “ombudsman” so‘zini maьnosini anglab olish lozim bo‘lsa, uning lug‘aviy maьnosiga eьtibor qaratish lozim bo‘ladi. “Ombuds” shved tilida himoya qiluvchi degan maьnoni anglatadi.
Bolalar ombudsmani lavozimi birinchi bo‘lib Norvegiyada taьsis etilgan.
2021-yil 28-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalari qo‘shma qarori bilan Bolalar ombudsmani faoliyati tashkil qilindi.
Bolalar ombudsman mustaqil institut sifatida bola huquqlariga oid davlat siyosatini yuritadi.mustaqil ravishda bolaning shaxsiy, ijtimoiy iqtisodiy va boshqa xuquqlarini taьminlanishi holati yuzasidan parlament nazoratini olib boradi.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.