Kuzatuvchi.uz / O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA UMUMTA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN HAR YILI QANDAY MA’LUMOTLAR KIRITILGAN BO’LISHI KERAK

O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH MAQSADIDA UMUMTA’LIM MUASSASASI TOMONIDAN HAR YILI QANDAY MA’LUMOTLAR KIRITILGAN BO’LISHI KERAK

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qarori bilan tasdiqlangan  Nizomga asosan, o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan ismi, zaviy tarif stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar, shu jumladan o‘qituvchining tarif stavkalari to‘g‘risida ma’lumotlar (bunda o‘qituvchining har bir fan uchun ma’lumoti va tegishli malaka toifasi berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi, pedagogik kengash tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlangan dars soatlari, daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari, informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari, o‘qituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari, uyda yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borayotgan o‘qituvchilarga taqsimlangan dars soatlari va ular bo‘yicha o‘qituvchi xodimning tarif stavkalari, o‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan belgilangan har oylik ustamalar miqdorlari foizi va miqdori ko‘rsatiladi. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq belgilanadigan boshqa ustama va qo‘shimcha to‘lovlar.

 

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Сегодня, 02:13
Saytga qaytish