Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022-yildagi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga bir-qator yengilliklar berilgan. Jumladan, mazkur nizomga asosan «Yoshlar daftari» jamg‘armalari tashkil etilib, ushbu jamg‘armaning mablag‘lari xisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda bazaviy xisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.