Kuzatuvchi.uz / QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

QISHLOQ ХOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

2024-yil 1-martdan boshlab qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi.

2024-yil 1-martga qadar 15 626,8 gektar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan (aholi punktlariga yaqin, suv ta’minoti yaхshi, unumdorlik yuqori boʻlgan, maydoni 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʻlgan holda).

Agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish tartibi bekor qilindi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

5-03-2024, 07:35
Saytga qaytish