O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan, bolaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma, ota-onaning oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi. Agar ota-ona bolaning tug‘ilishini qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash haqida birgalikda ariza bersalar, ota haqidagi ma’lumotlar berilgan ariza asosida yoziladi, bolaga familiya ota-onaning kelishuviga binoan beriladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.