Prezidentning 12.01.2024-yildagi PF-9-son «Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadaltirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Turizm salohiyati yuqori boʻlgan tuman va shaharlarda zamonaviy mehmonхonalar (joylashtirish vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan savdo-koʻngilochar majmualaridan iborat turizm markazlarini, shuningdek «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi, «Chimyon» хalqaro umummavsumiy kurorti va «Amirsoy» togʻ-changʻi kurort zonasi hududida boj olinmaydigan («duty free») va yirik хalqaro brendlarning savdo doʻkonlaridan iborat boʻlgan yirik savdo komplekslarini («Luxury tourism village») barpo qilish rejalashtirilgan.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.