O‘zbekiston Respublikasining 07.07.2025-yildagi 413-sonli Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tanlab olish tartibini belgilaydi.
Chaqiriluvchilar tanlovda 1 yilda faqat 1 marta ishtirok etishi mumkin.
Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar o‘tkaziladi.
Chaqiriluvchi bilan suhbat o‘tkazish orqali uning quyidagi ma’lumotlariga aniqlik kiritiladi:
➖ harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqi;
➖ huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bog‘liq holatlar;
➖ sog‘lig‘ining holati;
➖ bilim darajasi;
➖ oilaviy sharoiti va boshqalar.
Chaqiriluvchilarning umumjismoniy tayyorgarlik darajasi quyidagi umumjismoniy normativlarni qabul qilish orqali baholanadi:
turnikda tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
Tanlov yakunlari bo‘yicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik bo‘yicha tegishli xulosa qabul qilinadi.
T. EGAMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.