Kuzatuvchi.uz / NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR BANDLIGINI TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATISH TARTIBI BELGILANDI

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR BANDLIGINI TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATISH TARTIBI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasining 01.07.2025-yildagi 405-sonli Hukumat qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlar hamda xususiy bandlik agentliklariga quyidagi qo‘llab quvvatlash choralarini taqdim etish tartibini belgilaydi:

bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi;

ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi.

Nizomga ko‘ra, "Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reestri" axborot moduli yuritiladi.

Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi quyidagi talablarga javob beradigan tadbirkorlarga ajratiladi:

elektron reestrda turgan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlagan;

 mazkur davrda unga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan.

 Ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta’minlangan I va (yoki) II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi. 

 Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:

surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;

psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;

hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.

Tadbirkorlar ushbu subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron so‘rovnomani to‘ldirish orqali murojaat qiladi. 

T.DAVLETOV, 

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

8-08-2025, 01:37
Saytga qaytish